"Kristal Pelas" Glasnerning istefosini tezlashtirishi mumkin
21.02.2026 00:24 Ўқилди: 482
Jamoa so'nggi 15 o'yinda faqatgina bir g'alabaga erishdi va bu murabbiyning istefosi borasidagi xabarlarni ko'paytirdi.
19 fevral kuni londonliklar Konferenciyalar ligasi o'tish o'yinida safarda "Zrinski"ni mag'lub eta olmadi.
"Hayotga real qarayman. Ahvolimiz yaxshi emas. Shu sababli barcha masuliyatni bo'ynimga olaman. Chunki jamoaga men javob beraman.
Hozir men jamoadan ketgan futbolchilarning o'rnini to'ldira oladigan darajada yaxshi emasman. Hozir men jamoaga kelgan futbolchilarning tizimga moslashishini tezlashtira oladigan darajada yaxshi emasman. Hozir men o'yinlarning ketma-ketligini eplay oladigan darajada yaxshi emasman.
Boshqa tomondan olib qaraganda men klub tarixidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazdim va ikki sovringa ega chiqdim", - dedi Oliver Glasner.
Yanvar oyida Glasner intervyuda ushbu mavsumdan keyin jamoadan ketishini malum qilgandi.