"Qo'qon-1912" Shohruh Mahmudxojievning transferini elon qildi
20.02.2026 23:56 Ўқилди: 70
"Jamoamiz yana bir mahoratli futbolchi Shohruh Mahmudxojiev bilan shartnoma imzoladi.
Endilikda mohir yarim himoyachi "shunqorlar" sharafini himoya qiladi.
Mahmudxojiev faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", "Dinamo", Tojikistonnning "Xo'jand", Nepalning "RayZRS" va Laosning "Yang Elefants" klublarida to'p tepgan.
Shohruh Mahmudxojievga "Qo'qon-1912" safiga xush kelibsan deb qolamiz. Omad yor bo'lsin!", - deb yoziladi klub bayonotida.