"Biz juda qattiq harakat qildik, biroq raqibning kayfiyati yuqori darajada bo'lgan ekan. Biz qarshi hujumlardagi xatolarimiz uchun tovon to'ladik. Maydonning holatiga qaramasdan, jamoam harakat qildi. Bu bahona emas. Lekin futbolchilarimni ayblamoqchi ham emasman.
Endi biz hulosalarni chiqarishimiz kerak. Uch kundan keyin "Lechche"ga qarshi o'ynaymiz. Lautaro? U jarohat oldi. Balki u safdan chiqqandir. Muammolarni boricha qabul qilish kerak.
Ular o'z maydoniga yaxshiroq ko'nikkanlar. Hali bizda imkoniyat bor, chunki javob o'yini ham kutib turibdi. Raqiblar qarshi hujumlarda bizga ko'plab muammolar keltirib chiqarishini bilardik. "San-Siro"da navbatdagi bosqichga chiqish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz", - dedi Kivu.