"Vasko da Gama" futbolchisi Filippe Koutino klubdan ketishga qaror qilgan. Malum qilinishicha, tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan va shartnoma muddatidan avval bekor qilingan. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi. Endi 31 yoshli futbolchi erkin agent sifatida yangi takliflarni ko'rib chiqishi mumkin. Uning keyingi manzili hozircha nomalum.
Malumot uchun, Kutino faoliyati davomida Evropaning qator etakchi klublarida, xususan "Barselona"da faoliyat olib borgan.