Eshitdik-da! Husayn Norchaev "Navbahor"ga o'tmoqda
17.02.2026 23:48 Ўқилди: 594
"Championat.asia" malumotiga ko'ra, Kapadze boshchiligidagi "Navbahor" klubi o'tgan mavsumning uchinchi to'purari Husayn Norchaev bilan shartnoma imzolash arafasida. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan va Namangan klubi tez orada transferni elon qiladi. Futbolchi mavsum so'nggiga qadar "Navbahor"da to'p tepadi.
Norchaev dekabr oyida Germaniyaning Myunxen shahrida oyog'idan operaciya qilingan edi. Ayni paytda esa Italiyada reabilitaciya jarayonini o'tkazmoqdi. Hujumchi Apennin yarim orolidagi reabilitaciya yakunlanganidan keyin "lochinlar" ixtiyoriga kelib qo'shiladi. Husaynning "Navbahor"ga o'tishida Timur Kapadze muhim rol o'ynadi, futbolchi sobiq ustozi qo'lida o'ynashni xohladi.
Eslatib o'tamiz, Norchaev o'tgan mavsum Superligada 14 ta to'p kiritgan edi.