MYU Reshford uchun "Barselona"ga chegirma berishni rejalashtirmayapti
17.02.2026 23:00 Ўқилди: 946
"Manchester Yunayted" Markus Reshfordni "Barselona"ga dastlab kelishilganidan arzonroqqa sotishni xohlamayapti. ESPN xabariga ko'ra, mankunianliklar ijaraga olingan hujumchining sotib olish summasini kamaytirish bo'yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirmayapti. Ingliz futbolchisini shartnomaga muvofiq - 30-35 million evroga sotib olish mumkin.
Reshfordning o'zi "blaugrana"da qolishni istayapti. U "Barselona" safida barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda 10 ta gol urgan.