
- Faoliyatingizda tanaffus yuzaga keldi va mana endi siz "Metallurg"dasiz. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Bunday gaplarni endi sizdan eshitmoqdaman. Lekin faoliyatimni tugatmagan edim. Shunchaki biroz dam oldim. "Metallurg"dan taklif bo'ldi. Jamoaning rejalari, o'z oldiga yuqori maqsad qo'yganini bilib, jamoa safiga kelib qo'shildim. Futbolga befarq bo'lmagan bekobodlik muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashlariga ishonaman.
- O'tgan yili "Xorazm"da bir davra o'ynadingiz. Mana shu davr haqida nima deya olasiz?
- Xorazmga yaxshi niyatda borgandik. Imkoniyat berilgan o'yinlarda haminqadar o'ynadim. G'alabalarga hissa qo'shishga harakat qildim. Qolganiga muxlislar baho bergani to'g'riroq bo'ladi.
- "Metallurg"da shakllanayotgan tarkib borasida nima deya olasiz?
- Jamoa o'z oldiga Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'ygan. Shunga mos ravishda tarkib tajribali futbolchilar atrofida qurilmoqda. Shunday bo'lsa-da, safimizda iqtidorli yoshlar ham bor. Mashg'ulotlarda, o'rtoqlik uchrashuvlarida ulardan bazilari o'zini ko'rsatishga ham muvaffaq bo'lyapti. Biz esa ularga tajribamizdan kelib chiqib, maslahatlar berishimiz, yo'l-yo'riq ko'rsatishimiz kerak.
- Bundan bir necha yil avval "Lokomotiv" klubidagi debyut mavsumingizda 12 ta gol ura olgansiz. Yangi mavsumda sizdan nechta gol kutsak bo'ladi?
- Yodimda. Gollarimning aksariyatini Jasur Hasanov uzatmasidan urgandim. O'shanda umumiy jamoa katta ko'lamdagi ishni amalga oshirgan edi. Avvaldan qandaydir aniq sonni aytmaganim maqul. Bo'lajak mavsumda ham "Metallurg" g'alabalariga samarali harakatlarim bilan hissa qo'shishga astoydil harakat qilaman.
![]() | 08.02.2026 21:32 Ўқилди 9017 "Atletiko" - "Betis". Tarkiblar malum |
![]() | 08.02.2026 01:08 Ўқилди 6765 Javohir Ilyosov: "Bugun 18 yoshga to'ldim. Har doim oilamdagilar birinchi tabriklashadi" |
![]() | 13.02.2026 01:08 Ўқилди 5820 Ispaniya Kubogi. "Atletiko" - "Barselona" (onlayn hisob) |
![]() | 10.02.2026 01:24 Ўқилди 5380 Onasi futbolchi bo'lgan, jinsiy zo'ravonlik sababli qamalgan, muhtojlarni qo'llaydigan "Dinamo"ning yangi legioneri bilan tanishamiz |
![]() | 09.02.2026 00:56 Ўқилди 5329 Gvardiola “Liverpul”ga qarshi o'yindan so'ng Husanovni maqtadi |
![]() | 11.02.2026 00:48 Ўқилди 4843 Bellingem son jarohati tufayli ikki oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin |
![]() | 08.02.2026 22:08 Ўқилди 4684 APL. "Liverpul" va "Man Siti" "Enfild"da o'zaro bahs olib bormoqda, Husanov ilk daqiqalardan maydonda (onlayn hisob) |
![]() | 09.02.2026 03:08 Ўқилди 4450 O'rtoqlik o'yini. “Navbahor” “Rubin”ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 08.02.2026 22:32 Ўқилди 4414 “Manchester Siti”ning transfer maqsadi malum |
![]() | 15.02.2026 01:16 Ўқилди 3454 LaLiga. "Real" - "Real Sosedad" (onlayn hisob) |
Реклама
Сайт хақида