
O'yin haqida
- Menga o'yin juda yoqdi, muxlislarga ham. Yana bir bor uddaladik. Juda ko'pol xato sabab gol o'tkazdik, oxirida o'yinni qutqardik. Bir nechta imkoniyatlar bo'ldi. Ulardan foydalanishimiz kerak edi. Hayot davom etadi.
- Abbos G'ulomov ikki mavsum davomida asosiy tarkib o'yinchisi bo'lgan. "Navbahor"da esa u zaxirada qolmoqda. Buning sababi nimada?
- Bizni jamoa yangi. Biz yig'inlardan kelib chiqib ish qilmoqdamiz. Ikkita yig'in o'tkazdik. G'ulomov sifatli o'yinchi. G'ulomov yonimga kelib u tayanch zonasida o'ynay olishini aytdi. Men bundan mamnun bo'ldim. Chunki markazimiz kuchayardi. Hozir bizda har bir poziciyada bittadan o'yinchi bor. Qolgan futbolchilarni sifati yaxshi, ammo hozircha asosiyga tortishmaydi. G'ulomov asosiy tarkib o'yinchimiz. Bizda o'ta tig'iz taqvim. May oyining oxiriga qadar haftalik ciklda ishlaymiz. Shunday ekan hammada imkoniyat bo'ladi. Shunday ekan, G'ulomov keyingi o'yinni asosiy tarkibda boshlashi ham mumkin.
- O'tgan o'yin darvozada Shukron Yo'ldoshev turgandi, bu safar Umidjon Ergashev. Qaysi darvozabon asosiy hisoblanadi?
- Ularning ikkalovi ham asosiy darvozabon. Bundan oldingi o'yingacha bugungi o'yinda Ergashev o'ynashi bo'yicha kelishib olgandik. Chunki Ergashevga Farg'onadagi mag'lubiyatdan so'ng psixologik jihatdan bosim bo'lgandi. U futbol o'ynagandi. Men o'yinchilardan futbol o'ynashni so'rayman. To'pni shunchaki tepib yuborishlarini hech qayon so'ramayman. Darvozabonlar murabbiyi bilan bugungi o'yinda Umidjon Ergashev maydonga tushishini kelishib oldik. Xato qilmadik deb o'ylayman, u yaxshi harakat qildi. Bizda teng kuchli ikkita darvozabon bor. Ikkita sifatli darvozabon.
- Bugungi o'yinda futbolchilar belgilangan topshiriqni qanchalik ado etishdi?
- Gol o'tkazib yubormaganimizda 97% ga bajarishdi degan bo'lardik. Golni hisobga olsak, 90% ga. Umuman kerakmas joydan gol o'tkazdik. Bu yoshbolalarcha xato bo'ldi. Oxirgi daqiqalarda ko'p gol o'tkazyapmiz. Ikkita yig'inni top darajada o'tkazgandik. Bitta yig'inimiz malum sabablarga ko'ra bekor bo'ldi, agar o'sha yig'in ham o'tkazilganda, biz optimal holatda bo'lardik. Hozir esa shu darajaga yaqinlashib kelmoqdamiz. Biz raqamlar bilan ishlaymiz. Kimni ko'rsatkichlari yaxshiroq bo'lsa shuni maydonga tushiramiz. Kimdadir ikkita optimal tarkib bor. Bizda esa tarkib bitta. Kim yaxshiroq holatda bo'lsa, o'sha futbolchi o'ynaydi.
![]() | 11.05.2026 00:00 Ўқилди 47150 «Zalsburg» Alabani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi |
![]() | 10.05.2026 23:24 Ўқилди 6248 BAA Pro ligasi. "Bani Yas" va "Al Bataeh" ishtirokidagi o'yinlarda durang, hamyurtlarimiz bahslarda to'liq harakat qilishdi |
![]() | 20.05.2026 02:16 Ўқилди 5184 "Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"ning taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4809 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 13.05.2026 02:08 Ўқилди 4031 "Navbahor" "Qoraqalpog'iston FA" darvozasiga 9ta to'p kiritgan o'yindan GALEREYA |
![]() | 11.05.2026 02:16 Ўқилди 3610 Liga 1. PSJ va "Brest" o'rtasidagi o'yin taqdirini bitta gol hal qildi |
![]() | 10.05.2026 23:56 Ўқилди 3132 LIVE. La Liga. "Barselona" - "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 19.05.2026 23:48 Ўқилди 3115 Mareska "Siti" uchun himoyachi va yarim himoyachi sotib olmoqchi |
![]() | 18.05.2026 02:24 Ўқилди 3018 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi |
![]() | 16.05.2026 02:00 Ўқилди 2900 APL. "Aston Villa" final oldidan "Liverpul"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
Реклама
Сайт хақида