Javob uchrashuvi ertaga, 16 aprel kuni bo'lib o'tadi. Jamoa futbolchisi Jud Bellingem ertangi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
"Bernabeu"da doimo ajoyib muhit hukm suradi, u erdagi energiya yuqumli. Biz buni his qilamiz, bu bizdagi eng yaxshi fazilatlarni yuzaga chiqaradi.
"Kambek". So'nggi hafta davomida bu so'zni million marta eshitdim. Bu bizni juda ruhlantiradi. Bu oqshom aynan "Real" uchun yaratilgan. Boshqa biror muhim narsa qo'sha olmayman.
Birinchi o'yindagiga qaraganda ancha yaxshiroq harakat qilishimiz shart. Ko'proq jonkuyarlik ko'rsatish, to'p bilan ko'proq mahorat namoyish etish kerak. O'ylaymanki, biz bor kuchimizni ishga solmadik, lekin bundan ham ko'prog'iga qodir ekanligimizni bilamiz va buni ertaga ko'rsatmoqchimiz.
Birinchi o'yindan keyin kambek qilish qiyin, ammo jamoaning o'ziga bo'lgan ishonchini ko'rganingda, o'zingni barchasining bir qismi deb his qilasan. Bu narsa avval tezda seni qamrab oladi, vaziyatda o'zingni ancha ishonchli his qilishingga sabab bo'ladi. Avtobusda ketayotganimizda [Londondagi o'yindan so'ng] hozirgidek his qilmasdik, lekin o'zimizga ishongan edik."
O'yinchilar bor kuchlari bilan harakat qilishlariga ishonishimiz kerak. "Bernabeu"da fantastik kechalar bo'lib turadi va biz bundan ham ko'prog'iga erishishimizga ishonamiz. Biz ahmoq emasmiz, balki o'z kuchimizga ishonamiz. "Arsenal" aslida bizni hayratda qoldirmadi. Jarima zarbalari bilan bog'liq vaziyat kutilmagan edi. Londonliklarda juda kuchli jamoa va ajoyib murabbiy bor," - dedi Bellingem.
![]() | 10.04.2025 07:08 Ўқилди 2436 BOOOM! Eldor Shomurodov Roma bilan yangi shartnoma imzoladi |
![]() | 09.04.2025 13:08 Ўқилди 1833 Anchelotti yirik mag'lubiyatdan so'ng: "Real" uchun juda qiyin bo'ladi, lekin "Bernabeu"da kambeklar bo'lgan" |
![]() | 15.04.2025 08:24 Ўқилди 1833 Mbappe nechta o'yinga diskvalifikaciya qilingani malum |
![]() | 17.04.2025 08:56 Ўқилди 1527 ECHL. Yarim final uchrashuvlari qachon bo'lishi elon qilindi |
![]() | 16.04.2025 22:32 Ўқилди 1425 "Real" o'yinchilarining maoshlari malum bo'ldi. Eng yuqori maosh Mbappega tegishli |
![]() | 10.04.2025 15:08 Ўқилди 1065 Chiroyli va ishonchli g'alaba. Chorak finaldagi raqibimiz kim bo'ladi? |
![]() | 16.04.2025 22:11 Ўқилди 1023 Gabon terma jamoasi hujumchisi fojiali tarzda vafot etdi |
![]() | 10.04.2025 23:24 Ўқилди 987 Ronalduga yangi shartnoma taklif qilindi |
![]() | 14.04.2025 07:48 Ўқилди 984 Sofascore. Shomurodov Dovbikdan yaxshiroq! |
![]() | 11.04.2025 21:44 Ўқилди 831 "Inter Mayami" Messi bilan shartnomani uzaytiradi |