“Navbahor” o'z safiga gruziyalik futbolchini qo'shib oldi, u bunga qadar ham O'zbekistonda o'ynagan
11.01.2026 23:16 Ўқилди: 6134
“Tajribali himoyachi Anri Chichinadze jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.
Futbolchi haqida batafsil malumotni birozdan so'ng taqdim etamiz”, — deyiladi klub xabarida.
28 yoshli Chichinadze bunga qadar Gruziyaning “Torpedo” (Kutaisi), “Saburtalo” va “Dila”, O'zbekistonning “Turon” va Rossiyaning “Chernomorec” va “Orenburg” klublari sharafini himoya qilgan.