Laporta: "Saudiya Arabistoni jahon futbolining markaziga aylanmoqda"
11.01.2026 21:16 Ўқилди: 4966
"O'ylaymanki, Saudiya Arabistoni Ispaniya Superkubogini shu erda, Jiddada o'tkazishni o'z zimmasiga olishi juda yaxshi g'oya. Bu jahon futboli va ispan futbolining epicentri bo'lish yo'li", — dedi Laporta.
U turnirning raqobatbardosh darajasi va taqdim etilgan infratuzilma sifatini yuqori baholadi.
"Mutaxassislar, futbolchilar va murabbiylardan eshitganim fikr shuki, mashg'ulot maydonlari ajoyib. Maysa alo darajada, sharoitlar alo darajada, stadionlar esa eng yaxshi futbol spektaklini taqdim etish uchun ideal holatda".
Laporta, shuningdek Qirollikda va umuman mintaqada "Barselona"ni qo'llab-quvvatlash ko'lamini takidladi.
"Dunyoning bu qismida muxlislarimio' ko'p. "Barsa" prezidenti sifatida saudiyalik muxlislarimiz va butun mintaqadagi muxlislarga bizga ko'rsatayotgan yordami uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu "Barselona"ning haqiqatan ham global klub ekanini ko'rsatadi".
U 2034 yil istiqbollari haqida gapirar ekan, muxlislarni Saudiya Arabistoni bilan shaxsan tanishishga chaqirdi.
"Albatta, 2034 yilda Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan jahon chempionatini ko'p sonli tomoshabinlar bilan o'tkazishni tavsiya qilaman, chunki bu mamlakat juda yaxshi, juda xavfsiz va ajoyib futbol infratuzilmasiga ega. Madaniy xilma-xillik har doim boyitadi va bu erda jahon chempionatini o'tkazish tajribasi juda qiziqarli bo'lishi mumkin".