Nevill MYU uchun ideal murabbiy kim ekanligini aytdi
11.01.2026 10:08 Ўқилди: 680
"12 yil davomida MYUda murabbiylarning muvaffaqiyatsiz ishlayotganini hisobga olsak, navbatdagi murabbiy bir qancha bandlarga to'g'ri kelishi kerak.
- Murabbiy jamoa atrofidagi matbuotning ovozini pasaytira olishi kerak. - Murabbiy kuchli to'rtlik uchun kurasha oladigan, ECHL va kuboklarni ham eplay oladigan bo'lishi kerak. - Murabbiy APL ob-havosini bilishi va boshqa ligalardan ajralib turishini tushunishi kerak. - Murabbiy "Manchester Yunayted"ning darajasini bilishi, optimist bo'lishi kerak. Pozitiv ruhda bo'lib, tezkor futbol namoyish qilishi kerak.
Shularni hisobga olsak, Karlo Anchelotti eng yaxshi nomzod bo'lishi mumkin. Hatto uning kelishini jahon chempionatidan keyin ham amalga oshirsa bo'ladi.
Anchelottidan tashqari, Tomas Tuxel hamda Eddi Xauni ham nomzodlar qatorida ko'rsatgan bo'lardim", - dedi Nevill.