Iroq yulduzlar ligasi. "Erbil" Temirovning dubli evaziga mehmonda g'alabaga erishdi, hamyurtimiz to'purarlar poygasida yaqqol etakchilik qilmoqda
09.01.2026 00:48 Ўқилди: 5934
Bahsda "Erbil" 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mehmonlarning o'zbekistonlik hujumchisi Sherzod Temirov dul (22, 61-p) qayd etdi.
"Erbil" chempionatda 11 o'yindan so'ng 27 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Eng yaqin taqibchi bo'lmish "Al Shorta"da 21 ochko bor. Temirov esa 11 ta gol bilan to'purarlar poygasini boshqarmoqda. Uning eng yaqin taqibchilarida 6 tadan gol bor.