Bu haqda ingliz klubi rasmiy saytida xabar berildi.
41 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2032 yilgacha mo'ljallangan.
Ushbu lavozimda Rosenor 1 yanvar kuni istefoga chiqarilgan italiyalik murabbiy Enco Mareskani almashtirdi.
Rosenorning oxirgi ish joyi Franciyaning "Strasbur" jamoasi edi, undan oldin esa u Angliyaning "Xall Siti" jamoasini boshqargan.
Ayni paytda "Chelsi" Angliya chempionati turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi.