Abbos Otaxonov: “Iloji boricha yuqori o'rinlar uchun kurashamiz”
06.01.2026 15:32 Ўқилди: 527
Jamoa himoyachisi Abbos Otaxonov mashg'ulot jarayonlari hamda yangi mavsum oldidan qo'yilayotgan maqsadlar haqida fikr bildirdi.
— Tayyorgarlik jarayonlari qanday ketmoqda?
— 4 yanvar sanasida yig'inni boshladik. Kun davomida ikki mahal mashg'ulot o'tkazyapmiz. Mavsumga tayyorgarlikni yaxshi boshlab oldik. Tarkibimiz ham yanada to'liqlashadi. Hozircha asosiy etibor jismoniy holatni tiklashga qaratilgan.
— O'tgan mavsum bilan solishtirganda, bu yildan kutilmalaringiz qanday? Jahon chempionati sabab taqvim ham o'zgarishi mumkin…
— Murabbiylar bu omilni hisobga olgan holda tayyorgarlik ko'rishmoqda. O'tgan yilgi natijadan yaxshiroq ko'rsatkichlarga erishishga harakat qilamiz.
— Rahbariyat va murabbiylar jamoa oldiga qanday maqsad qo'ygan?
— Yig'inni endigina boshladik, bu borada hali katta yig'ilish bo'lgani yo'q. Ammo jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'yilmoqda. Iloji boricha yuqori o'rinlar uchun kurashamiz.