Bugun The Best mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi
16.12.2025 15:33 Ўқилди: 278
Bugun, 16 dekabr kuni FIFA tomonidan The Best mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir Dohada bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Marosimni FIFA rasmiy sayti jonli efirda namoyish etadi.
Erkaklar o‘rtasida 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun Usmon Dembele ("PSJ" va Fransiya terma jamoasi), Ashraf Hakimiy ("PSJ" va Marokash), Harri Keyn ("Bavariya" va Angliya), Kilian Mbappe ("Real" va Fransiya), Nunu Mendesh ("PSJ" va Portugaliya), Koul Palmer ("Chelsi" va Angliya), Pedri ("Barselona" va Ispaniya), Rafinya ("Barselona" va Braziliya), Muhammad Saloh ("Liverpul" va Misr), Vitinya ("PSJ" va Portugaliya) va Lamin Yamal ("Barselona" va Ispaniya) kabi futbolchilar kurash olib boradi.