Bora Milutinovich: "O'zbekiston har doim o'zgacha jamoa bo'lgan. Kim raqib bo'lishining ahamiyati yo'q"
03.12.2025 15:48 Ўқилди: 1044
- Janob Milutinovich, O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi va keyingi yil AQSH maydonlarida bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadi. O'zbekiston terma jamoasiga qanday maslahat bergan bo'lar edingiz? Qurada qaysi jamoalar raqib bo'lishi yaxshiroq deb o'ylaysiz?
- Do'stim, O'zbekiston guruh o'yinlarini aynan qaerda o'tkazishini bilmaymiz. Terma jamoangiz guruh bosqichini Meksika yoki Kanadada o'tkazishi ham mumkin. O'zbekiston har doim o'zgacha bir jamoa bo'lgan. O'zbeklar esa juda mehmondo'st xalq. Hozir O'zbekistonda ko'p narsaga qodir futbolchilar bor. Ular orzuni his etish, ishonish va intilishlari kerak. Kim raqib bo'lishining katta ahamiyati yo'q, deb o'ylayman. O'zbekistonlik futbol muxlislarini bag'rimga bosaman va barchangizga yaqinlashib kelayotgan mundialda omad tilayman.