Flik tribuna ostiga kirib ketgan Simeonega etib oldi va uni quchoqladi
03.12.2025 13:00 Ўқилди: 365
Xans-Diter Flik Diego Simeonening xayrlashmasdan ketib qolishiga yo'l qo'ymadi.
"Atletiko" La Liganing qoldirilgan 19-tur uchrashuvi doirasida "Barselona"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O'yindan keyingi qo'l berib ko'rishishlarni xushlamasligi bilan tanilgan madridliklar bosh murabbiyi bahs yakunlanishi bilan darhol tribuna osti yo'lagiga otlandi. Kataloniyaliklar ustozi esa hamkasbiga etib olishga qaror qildi. Flik allaqachon zinalardan tunnelga tushib ketayotgan Simeoneni chaqirdi, u bilan quchoqlashib ko'rishdi va yana maydon tomon qaytdi.