Saudiya Arabistoni klubi 40 yoshli forvard bilian shartnomani uzaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
"Al Nassr" Ronalduga shartnomani ikki yilga, yani, 2027 yil yozigacha uzaytirish taklifi bilan chiqqan. Bu haqda jurnalist Janluiji Longari malumot bermoqda.
Portugaliyalik bilan amaldagi kelishuv ushbu yozda yakuniga etadi. Ronaldu ushbu mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatining 25 o'yinida 21 gol urdi va to'purarlar jadvalida etakchilik qilmoqda.