Superliga: Muxlis yig'ish bo'yicha etakchi "Neftchi", "Bunyodkor" oxirgi o'rinda
03.12.2025 11:40 Ўқилди: 245
Bir o'yinda o'rtacha muxlis tashrifi bo'yicha vodiyning uch jamoasi etakchi bo'ldi. "Neftchi" har uchrashuvda o'z arenasiga o'rtacha 12 263 muxlisni yig'a olgan. "Navbahor" 9629, "Andijon" esa 9614 nafar muxlis bilan ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallashdi. Joriy mavsumda ishqibozlarni stadionga yig'ishda eng yomon natija qayd etgan jamoa "Bunyodkor" bo'ldi. Toshkent klubi o'rtacha 928 nafar muxlis bilan uy uchrashuvlarini o'tkazgan.