Sen-Maksimen JCH-2026'da Gaiti uchun o‘ynashi mumkin
25.11.2025 12:11 Ўқилди: 139
Hozirda Meksikaning "Amerika" klubi sharafini himoya qilayotgan fransiyalik qanot vingeri Allan Sen-Maksimen 2026 yilgi Jahon chempionatida Gaiti terma jamoasi uchun o‘ynashi mumkin.
Uning otasi gaitilik va futbolchi FIFAda hech qanday muammo yoki murakkab jarayonlarsiz Gaitini tanlashi mumkin.
Hozircha qaror qabul qilinmagan, ammo futbolchi bu imkoniyatni rad ham etmagan.
28 yoshli futbolchi Fransiya U-16, U-17, U-20 va U-21 terma jamoalarida o‘ynagan, ammo asosiy jamoada debyut qilmagan.