25 noyabrga o‘tar kechasi MLS pley-offining so‘nggi chorak final o‘yini bo‘lib o‘tdi, unda "San-Diyego" "Minnesota Yunayted"ni mag‘lub etdi.
Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi, unda Anders Dreyer yagona gol muallifi bo‘ldi.
Shunday qilib, MLS pley-offining yarim final juftliklari aniqlandi:
"Inter Mayami" - "Nyu-York Siti";
"San-Diyego" - "Vankuver Uaytkeps".
O‘yinlar 30 noyabr kuni, final esa 6 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.