Yusupov O'zbekistonga qaytadimi? Darvozabon bu savolga javob berdi
25.11.2025 09:48 Ўқилди: 242
"Navbahor"ga qaytishim borasida hozircha gap-so'z yo'q. "Fulad" bilan yozgacha shartnomam bor. Agar mobodo "Fulad" qo'yib yuborsa ham o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan jamoaga o'tishim kerak. Chunki jarohatdan endi qaytyapman va oldimizda Jahon chempionati bor", - deb fikr bildirdi Yusupov.
Eslatib o'tamiz, O'tkir Yusupov Eron va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan CAFA finalida jarohat olgandi.