O'zbekiston o'smirlar termasini JCHdan chiqarib yuborgan Italiya Avstriyaga mag'lub bo'ldi, va mundial bilan xayrlashdi.
U-17 Jahon chempionati. Yarimfinal. 24 noyabr
Avstriya — Italiya 2:0
Gollar: Mozer (57, 90+3).
Ikkinchi yarim finalda esa Portugaliya va Braziliya o'zaro bahs olib bordi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad Evropa jamoasiga kulib boqdi.
U-17 Jahon chempionati. Yarimfinal. 24 noyabr
Portugaliya — Braziliya 0:0
Penaltilar seriyasi — 6:5.
Shu tariqa, 27 noyabr kuni bo'lib o'tadigan final bahsida Avstriya va Portugaliya o'smirlar terma jamoalari o'zaro bahs olib boradi.