"Everton" futbolchisi jamoadoshiga shapaloq tushirgani uchun chetlatildi
25.11.2025 02:48 Ўқилди: 169
13-daqiqada "Everton" yarimhimoyachisi o'z jarima maydonida raqib hujumi paytida topni egalladi va uni Maykl Kinga uzatdi, ammo u pasni qabul qilmadi. Shu paytda Brunu Fernandesh vaziyatdan foydalanib to'pga zarba berdi – to'p darvozadan yuqoriga ketdi.
Guye jahli chiqib, 32 yoshli himoyachi bilan jahllashib qoldi. U jamoadoshiga shapaloq tushirdi, Kin esa uni yoqasidan oldi, shundan so'ng futbolchilarni boshqalar ajratib qoldi.
Senegallik futbolchiga hakam Toni Xerrington tomonidan qizil kartochka ko'rsatildi. Guyeni tinchlantirish va maydondan olib chiqishga to'g'ri keldi.