Futzal bo'yicha Osiyo kubogiga qura tashlandi. O'zbekiston Yaponiya va Avstraliya bilan bir guruhda
05.11.2025 12:48 Ўқилди: 234
Quraga ko'ra, Nodir Eliboev boshchiligidagi futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi "C" guruhidan joy oldi. Bu guruhdan Yaponiya, Tojikiston va Avstraliya ham joy egalladi.
Eslatib o'tamiz, futzal Osiyo kubogi 2026 yilning 27 yanvar - 7 fevral kunlari Indoneziyada bo'lib o'tadi.