
Kecha PFL mana shu pley-off o'yinlari sanalarini elon qildi. Unga ko'ra Pro liga klubi 14 dekabr kuni o'z maydonida Superliganing eng omadsiz klubiga qarshi oxirgi yo'llanma uchun o'ynaydi.
Superligada mavsum 30 noyabr atrofida tugaydi. Keyin 5 dekabr kuni 12-o'rin 15-o'rinni o'z uyida qabul qiladi, 13-o'rin sohibi esa 14-o'rinni mehmon qiladi. Bu ikki o'yinda yutganlar Superligada qoladi. Ikkita mag'lub esa 10-dekabr kuni o'zaro bitta o'yin o'tkazishadi. Yutgan jamoa elitada qoladi. Yutqazgan esa yuqorida aytganimiz Pro ligada 2-o'rinni band etgan klubi uyiga safar qiladi. Bu bahs 14 dekabrga belgilangan.
Yani bu erga etib kelgan Superliga klubi 30 noyabr, 5 va 10 dekabr kunlari o'yinlar o'tkazadi. Yana 4 kundan keyin Pro liga klubi bilan bellashadi.

Pro ligada esa mavsum 16 noyabr kuni tugaydi. Lekin 2-o'rinni oladigan klub o'zining so'nggi uchrashuvini 9 noyabr kuni o'tkazadi. Demak quyi ligada 2-o'rinni olgan klub 14 dekabrgacha 35 kun davomida rasmiy o'yin o'tkazmaydi. Bu vaqt ichida klub yig'in o'tkazishi va o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin. Lekin noyabr oxiri va dekabr oyi boshida qaerdan raqib toparkin?
O'tgan yil qanday bo'lgandi? Pro ligada mavsum 28 noyabr kuni tugagan va pley-off 5 dekabr kuni bo'lib o'tgandi. To'g'ri o'tgan mavsum Pro ligada bu yilgidek 6 emas 8 ta klub ishtirok etgandi va turlar soni 20 ta emas 28 ta bo'lgandi.

Rossiyada ham bizga o'xshash pley-off bahslari bor. O'tgan yil masalan Premer-ligada ham, Milliy futbol ligasida (FNL) ham mavsum bir kunda 24 may kuni tugagandi. 28 may kuni pley-off bahslari start olgandi. FNLda 18 ta klub, Premer-ligada 16 ta klub bor edi.
Angliyada ham pley-off bor, lekin boshqacharoq. Premer-ligada oxirgi 3 ta o'rinni olgan klub to'g'ridan to'g'ri quyi ligaga tushib ketadi. Chempionship ligada dastlabki ikki o'rin sohibi to'g'ridan-to'g'ri Premer-ligaga chiqadi. 3-6-o'rin egalari esa o'zaro o'yinlar o'tkazib bitta yo'llanma sohibini aniqlashadi. Bunday pley-off tizimida ikkita liga bir-biriga bog'liq bo'lmaydi. Masalan, Premer-ligada o'tgan mavsum 19 may kuni tugadi. Chempionship ligada esa oxirgi 46-tur 3 may kuni bo'lib o'tgan. Shundan keyin pley-offda ishtirok etadigan klublar o'yinlarni davom ettirishgan bo'lsa, qolgan klublar tatilga chiqib ketishgan.
Taklif: Keyingi yil Pro ligada nechta klub ishtirok etishidan qatiy nazar Angliyaga o'xshash tizim qilinishi mumkin. Superligada bitta klub to'g'ridan-to'g'ri Pro ligaga tushib ketsin. Qolgan aytaylik 4 ta klub o'zaro o'yinlar o'tkazib yana bitta yo'llanma egasini aniqlashsin. Pro ligada ham shunday 1-o'rin egasi Superligaga chiqsin, qolgan nechtadir klub yana bitta yo'llanma uchun kurashsin. Shunda ikkita liga istalgan vaqtda tugayveradi, pley-off bahslari ham bo'laveradi. Agar Pro ligadan Superligaga chiqishni istaydigan klublar soni 2 tadan kam bo'lsa faqat birinchi o'rin Superligaga chiqsin va Pro-ligada pley-off o'tkazish ham shart emas. Chunki Superligaga chiqishni xohlaydigan klublar soni 2 tadan kam bo'lsa Pro ligadagi qolgan klublar pley-offda qatnashishdan mano nima?
Bu yil esa Pro ligada 2-o'rinni egallagan klub 35 kun davomida futbolchilarni tonusda ushlab turishdan tashqari o'zining uy stadionini dekabr oyi o'rtasigacha saqlab turishi kerak bo'ladi. Katta ehtimol oxirida esa Superliga klubi osongina g'alabaga erishib ketadi.
![]() | 11.05.2026 00:00 Ўқилди 47144 «Zalsburg» Alabani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi |
![]() | 10.05.2026 23:24 Ўқилди 6242 BAA Pro ligasi. "Bani Yas" va "Al Bataeh" ishtirokidagi o'yinlarda durang, hamyurtlarimiz bahslarda to'liq harakat qilishdi |
![]() | 20.05.2026 02:16 Ўқилди 5172 "Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"ning taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4800 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 13.05.2026 02:08 Ўқилди 4028 "Navbahor" "Qoraqalpog'iston FA" darvozasiga 9ta to'p kiritgan o'yindan GALEREYA |
![]() | 11.05.2026 02:16 Ўқилди 3610 Liga 1. PSJ va "Brest" o'rtasidagi o'yin taqdirini bitta gol hal qildi |
![]() | 10.05.2026 23:56 Ўқилди 3132 LIVE. La Liga. "Barselona" - "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 19.05.2026 23:48 Ўқилди 3109 Mareska "Siti" uchun himoyachi va yarim himoyachi sotib olmoqchi |
![]() | 18.05.2026 02:24 Ўқилди 3018 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi |
![]() | 16.05.2026 02:00 Ўқилди 2897 APL. "Aston Villa" final oldidan "Liverpul"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
Реклама
Сайт хақида