
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yin haqida fikr bildirishdan oldin bugun o'z kasb bayramlarini nishonlayotgan Respublikamizdagi barcha ichki ishlar xodimlarini jamoamiz nomidan tabriklayman. Futbol o'yinlari tinch o'tayotgani uchun ularga alohida rahmat aytib qolamiz. Endi o'yinga keladigan bo'lsak, juda og'ir uchrashuvni o'tkazdik. Bahsni yaxshi boshladik, hammasi nazoratimiz ostida o'tdi. Raqib ko'proq qarshi hujumlarga tayanib o'ynadi. Darvozabonimizga ham rahmat, ikki-uch vaziyatda muqarrar goldan qutqardi. Raqib bir kishi kam bo'lib qolgach, bizning futbolchilar ham bexavotir o'ynay boshlashdi. Xotirjamlikka berildik. Tabloga qaramasdan o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qildik. Ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik. Agar ertaroq gol urganimizda balki oson bo'larmidi. Shunga qaramay g'alaba qozonganimizdan xursandman va barcha ishqibozlarimizni tabriklayman.
- "Navbahor" bitta kam qolishi jamoangiz g'alabasiga turtki bo'ldimi?
- Albatta, bu ham ustunlik berdi. Lekin vaziyat har doim har xil bo'ladi. Bitta kam qolib yutib ketganlarni ham ko'rganmiz. Shu bois o'zimizni erkin qo'yib yuborishimiz kerak emasdi. "Navbahor"da individual kuchli futbolchilar bor, ularning borligi jamoa bir kishi kam o'ynayotganini umuman bildirmadi.
- Ishqibozlarda Bahrom Haydarov yaxshi o'ynab turgan futbolchilarni almashtiryapti degan tasavvur paydo bo'lgan. Masalan, Asliddin Toshtemirov, Shohruh Gadoev kabi futbolchilar yaxshi harakat qilayotgandi.
- Futbolchilar yaxshi o'ynab turgan bo'lishi mumkin, chunki muxlis asosan futbolchi to'pga egalik qilganida uni ko'rishni boshlaydi. Futbolchi to'psiz holatda nima qilyapti, bunga ko'pchilik qaramaydi. Biz murabbiylar esa hammasini nazorat qilib borishga harakat qilamiz. O'rta chiziqni kuchaytirishni maqsad qildik, shu bois futbolchilarni almashtirdik. Meni xursand qilayotgan tomoni jamoamizda raqobat borligi va hamma futbolchilar birdek o'ynashga harakat qilmoqda.
- Bugun "Neftchi" yutdi, ertaga "Nasaf" o'ynaydi. Sizningcha, kim chempion bo'ladi?
- Har o'yindan keyin shu savol berilyapti. Ko'ppchilik "Neftchi"ning taqvimini ko'rib oson deb o'ylayapti. Menimcha, unaqa emas. "Nasaf"da ham taqvim oson emas. Yaqqol favorit yo'q deb o'ylayman, jamoalarning imkoniyati 50/50. Kurash oxirgi turgacha davom etsa kerak.

![]() | 26.10.2025 19:08 Ўқилди 26963 "Real" - "Barselona". "El Klasiko" uchun tarkiblar malum |
![]() | 26.10.2025 20:40 Ўқилди 21176 Superliga. OKMK – "Nasaf" 1:1 |
![]() | 26.10.2025 20:16 Ўқилди 20194 La Liga. "Real" va "Barselona" o'rtasida "El Klasiko" bo'lib o'tmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 26.10.2025 20:32 Ўқилди 11652 Superliga. Bir kishi kam "Bunyodkor" "Mashal"ni mag'lub etdi |
![]() | 26.10.2025 20:56 Ўқилди 10071 MYU yanvar oyidayoq Bellingemni o'z safiga qo'shib olmoqchi |
![]() | 26.10.2025 21:08 Ўқилди 3481 APL. "Man Siti" Husanovsiz mehmonda "Aston Villa"ga mag'lub bo'ldi, "Arsenal" o'z uyida minimal g'alabaga erishdi |
![]() | 23.10.2025 00:48 Ўқилди 3152 ECHL. "Qorabog'" ushbu mavsum turnirdagi ilk mag'lubiyatini "Atletik"dan qabul qilib oldi. "Galasaroy" esa yirik hisobda zafar quchdi |
![]() | 21.10.2025 22:11 Ўқилди 3063 Neymar: «Braziliyada hakamlikni ancha avval professional darajaga olib chiqish kerak edi!» |
![]() | 21.10.2025 21:40 Ўқилди 2974 "Al Haldiya" bosh murabbiyi Ali Ashur: "Andijon" ushbu musobaqada gol o'tkazib yubormadi" |
![]() | 19.10.2025 20:32 Ўқилди 2665 APL. "Liverpul" - "Manchester Yunayted" (onlayn hisob) |
Реклама
Сайт хақида