
- O'yin haqida fikringiz?
- G'alaba qozonishni juda xohlagandik. Lekin uchrashuv boshidagi xato qimmatga tushdi. Shogirdlarim ancha harakat qilishdi, ammo gol ura olmadik. "Qo'qon-1912"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun oddiy vaziyatlarda ko'p xatoga yo'l qo'ydik. Albatta, mag'lubiyat sabablarini tahlil qilamiz. Hozir jamoaga kichik tatil berib, shundan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytamiz. Oldinda qiyin o'yinlar kutyapti, jiddiy hozirlik ko'rishimiz kerak.
- Jamoangiz oxirgi ikki turda kutilmaganda mag'lubiyatga uchradi.
- Endi bu futbol, biz doim eng yaxshisiga harakat qilamiz. "Andijon" bilan kechgan bahsni olaylik, u erda ham birinchi bo'limda to'p o'tkazib, ikkinchi taym to'liq ustunligimizda kechgandi. Faqat gol ura olmagandik. "Andijon" esa yaxshi himoyalandi. Bugun "Qo'qon-1912" ham shunday o'ynadi. Bundan tashqari, maydonimiz juda achinarli holatda. Bilasiz, bizda to'p bilan muomala o'yinimizning asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Bugun shuni ham namoyish eta olmadik.

- Bugun raqib safida Abror Karimov o'zini yaxshi ko'rsatishga harakat qildi.
- Buni tushunaman. Chunki Abror Karimov bizning futbolchimiz va uni ijara asosida Qo'qonga berganmiz. Unga ham o'yin amaliyoti kerak, bizda zaxirada o'tirib qolishi mumkin edi. Lekin Abror o'zimizga ham kerak va kelajakda OKMKga foydasi tegadi.
- Bu yil OKMK darvozabonlarida juda ko'p xatolar kuzatilyapti. Bu nima bilan bog'liq?
- Chindan ham bu yil xatolarimiz ko'p bo'ldi. Darvozabonlarni almashtirib ham ko'rdik. Chempionatimizda oson o'yinlar bo'lmayapti, har bir bahs o'ziga yarasha asabiy kechyapti. Superligamiz saviyasi oshgan deb bemalol ayta olaman. Darvozabonlarimiz xatosi ruhiyat bilan bog'liq deb o'ylayman.
![]() | 15.09.2026 02:56 Ўқилди 14400 "Paxtakor" ustozi: "Havo harorati va yuqori namlik qiyinchilik tug'dirdi" |
![]() | 22.09.2026 01:24 Ўқилди 12486 Infantino FIFAning barcha 211 a'zosiga xat yubordi |
![]() | 19.09.2026 02:00 Ўқилди 11531 APL. "Chelsi" "Brentford" maydonida yirik hisobda yutqazdi |
![]() | 13.09.2026 02:00 Ўқилди 10545 La Liga. "Real Madrid" o'z uyida "Rayo Valekano"ni tor-mor etdi |
![]() | 14.09.2026 19:56 Ўқилди 9934 Pioli Saloh o'ynayotgan jamoani boshqarishi mumkin |
![]() | 20.09.2026 19:40 Ўқилди 9789 Superliga. "Lokomotiv" - "Neftchi" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.09.2026 02:00 Ўқилди 8679 La Liga. "Barselona" Rafinyaning xet-trigi evaziga "Sevilya"ni mag'lub etdi |
![]() | 13.09.2026 20:32 Ўқилди 7723 LIVE. APL. "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 21.09.2026 02:00 Ўқилди 6171 PSJ Liga 1da "Marsel"ni mag'lub etdi, Ferran Torres gol urdi |
![]() | 20.09.2026 19:16 Ўқилди 6026 LIVE. La Liga. "Atletiko Madrid" – "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида