“Uzum” milliy raqamli ekotizimi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik doirasida Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini hamda butun mamlakat bo‘ylab futbolni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
“Uzum”ning qo‘llab-quvvatlashi Assotsiatsiyaga sport infratuzilmasini mustahkamlash, yoshlar uchun dasturlarni kengaytirish, shuningdek, milliy terma jamoani 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishda qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining taniqli futbolchilari O‘FA va milliy raqamli ekotizimning qo‘shma loyihalarida ishtirok etib, o‘z namunalari bilan yoshlarni ilhomlantiradilar.
Bugungi kunda O‘FA qoshida 14 ta hududiy assotsiatsiya faoliyat yuritmoqda, 12,000 dan ortiq futbolchi bolalar va o‘smirlar jamoalarida mashg‘ulot o‘tkazmoqda, milliy terma jamoa esa xalqaro maydonda — Osiyo kubogi, Jahon chempionat va Olimpiada saralash uchrashuvlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelmoqda.
“Uzum” kompaniyasi bilan hamkorlik mamlakatimizda futbolni rivojlantirishda muhim qadamdir. Kelgusi yillarda milliy terma jamoalar, shuningdek, bolalar va ayollar futbolini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ham amalga oshiramiz”, — deydi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov.
Uzum ekotizimi asoschisi va bosh direktori Jasur Jumayev esa hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidladi:
“Biz uchun nafaqat sportni qo‘llab-quvvatlash, balki iqtidorli bolalar o‘sishi, amaldagi chempionlar esa yangi g‘alabalar uchun resurslarga ega bo‘lishiga sharoit yaratish muhimdir. Futbol odamlarni birlashtiradi va o‘z kuchiga ishonchni oshiradi. Biz O‘FA bilan birgalikda o‘zbek sporti kelajagiga hissa qo‘sha olishimizdan faxrlanamiz”.
“Futbolni qo‘llab-quvvatlash biz uchun kelajakka investitsiya. Sport infratuzilmasini rivojlantirish, futbolchilar va muxlislar uchun yangi imkoniyatlar yaratish orqali biz futbol millionlab o‘zbekistonliklarning kundalik hayotiga aylanishini istaymiz. Ishonchimiz komilki, Futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda yangi g‘alabalar va yorqin sport tarixiga poydevor qo‘ya olamiz”, – dedi “Uzum Bank” Kuzatuv kengashi raisi Rasuljon G‘ulomov.
![]() | 14.09.2025 15:48 Ўқилди 24715 "Antverpen" - "Gent". Tarkiblar malum |
![]() | 14.09.2025 16:24 Ўқилди 18753 "Aral" - "Olimpik". Tarkiblar malum |
![]() | 14.09.2025 21:24 Ўқилди 10623 Ro'ziqul Berdiev: "Oldin ham "Al Ahli" singari katta salohiyatga ega jamoalarga qarshi o'ynaganmiz" |
![]() | 14.09.2025 20:48 Ўқилди 8912 Hakim Fuzaylov: "Yana eski kasalimiz qo'zg'adi" |
![]() | 14.09.2025 15:22 Ўқилди 8598 Myuller 36 yoshga to‘lgan kuni "Vankuver" safida xet-trik qayd etdi |
![]() | 08.09.2025 19:24 Ўқилди 7343 Gvardiola Abduqodir Xusanov uchun yangi reja ishlab chiqdi |
![]() | 08.09.2025 20:48 Ўқилди 6147 Shavkat Mirziyoev Janni Infantinoga “Do'stlik” ordenini topshirdi |
![]() | 14.09.2025 20:32 Ўқилди 5578 APL. "Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" (matnli translyaciya) |
![]() | 15.09.2025 00:08 Ўқилди 4589 Gvardiola Husanovning o'yini haqida fikr bildirdi |
![]() | 13.09.2025 19:24 Ўқилди 4288 APL. "Arsenal" o'z uyida "Nottingem Forest"ni yirik hisobda taslim etdi, Subimendidan dubl! |